10 oktyabr kuni Pxyenyada Koreya Mehnat partiyasi tuzilganining 80 yilligi katta tantana bilan nishonlandi. Bayram paradida o‘n minglab askorlar qatnashdi, marosimni esa partiya bosh kotibi — 41 yoshli Kim Chen Ir minbardan kuzatdi.
Bugun uning hokimiyati hech qachon bo‘lmagandek mustahkam — otasi Kim Chen Ir vafot etganiga 14 yil o‘tgan bo‘lsa-da, mamlakatdagi siyosiy tizim to‘liq uning qo‘lida.
Mutaxassislarning fikricha, Shimoliy Koreya xalqaro sahnada yana muhim o‘yinchiga aylanmoqda. Bunga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi hamda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi keskin raqobat sabab bo‘lgan.
Endilikda Pxyenyan Moskva va Pekin uchun strategik hamkor sifatida qaralmogda. Rossiya KXDRga yoqilg‘i va oziq-ovqat yetkazib beradi, evaziga esa shimoliy koreyalik o‘q-dorilar va harbiylarni oladi.
Sobiq diplomat va qochqin Li Il Kyu bu jarayonni quyidagicha izohladi:
“Pxyenyanning Moskvanini qo‘llab-quvvatlash qarori siyosiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan — bu Shimoliy Koreyaning maqomini ancha oshirdi”.
Xitoy esa endi BMT sanksiyalarini avvalgidek qat'iy bajarmayapti. Shu bois, Pxyenyan yadro dasturini jadallik bilan davom ettirmoqda. AQSh harbiy razvedkasiga ko‘ra, 2025 yilning may oyida Shimoliy Koreya “so‘nggi o‘n yilliklarda eng kuchli strategik pozitsiyaga” ega bo‘lgan va Sharqiy Osiyodagi AQSh hamda ittifoqchilari uchun havf manbai sifatida baholanmogda.
Kim Chen Irning uzoq muddatli strategiyasi esa aniq: hokimiyatni oilasi qo‘lida saqlab qolish. Shu yo‘lda u yadro va oddiy qurollarni bir vaqtda rivojlantirish siyosatini yo‘lga qo‘ygan. 2025 yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan partiya syezdida u yadro va an’anaviy qurollanishni birgalikda rivojlantirish doktrinasi e’lon qilinishini ma’lum qildi.