Samarqand viloyatida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining yetakchi mutaxassisi fermerdan 3 ming dollar pora olgan paytda ushlandi. Uning hibsga olinishi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘lishicha, mutasaddi fermer yer maydoni unumdorligiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka tortilmaslik evaziga 3 ming dollar talab qilgan.
U avval 500 dollarni olgan, qolgan 2500 dollarni olgan paytida esa ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.