AsosiyJinoyat

Buxoroda sud tizimi xodimi pora olayotganda ushlanadi

G'ijduvon tuman sudi arxivi mudiri jinoyat ishida ayblanuvchiga yordam berish evaziga 700 dollar so'ragan.

'Buxoroda sud tizimi xodimi pora olayotganda ushlanadi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 600 dollarni olayotganda qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, arxiv mudiri sudda tanishlari orqali hukmni yengillashtirishni va’da qilgan. U ilgari 100 dollarni ham olgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shaxs qamoqqa olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar