AsosiyBu qiziq

Miyadagi charchoqlarga nima sabab bo‘layotgani aytildi

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov ko‘pchilikni qiziktirgan savollarga javob berdi.

'Miyadagi charchoqlarga nima sabab bo‘layotgani aytildi'ning rasmi

Uning so‘zlariga ko‘ra, yozning issig‘idan hanuz sovimagan tuproq zarrachalari havoda muallaq yurib, shamollar havo tarkibini yanada quritmoqda. Havo chang va og‘ir, unda insonning shoshqaloqligi ham, sanoatning is gazi ham aralashgan.

— “Quyoshdan charchagan odam tanasiga endigi quyosh tafti yoqimlidek tuyulsa-da, miya hanuz dam olmayapti. Kislorod kam, havo o‘zigiga sig‘may qolgandek,” — deydi Abdulahatov.

Mutaxassis kuz faslining tabiiy go‘zalligi yo‘qolganini, barglar chang bosib qaqraganini, havoda hazon hidi sezilmayotganini aytadi. Unga ko‘ra, bu holat ekologik muvozanatning buzilayotganidan dalolat.

— “Echim — yomg‘irda. U nafaqat changni, balki yurakdagi og‘irlikni ham yuvib tashlaydi. Haqiqiy kuz yomg‘ir bilan boshlanadi,” — deya yakunlagan iqlimshunos.

    Boshqa yangiliklar