AsosiyJamiyat

Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmat ko'rsatgani fosh etildi

Raqobat qoʻmitasi oʻtkazgan tekshiruvlarda koʻplab qoidabuzarliklar aniqlandi.

'Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmat ko'rsatgani fosh etildi'ning rasmi

Raqobat qo‘mitasi hamda nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida xususiy tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim klinikalar litsenziyada ko‘rsatilmagan xizmatlarni ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi.

Tekshiruvlar 7 284 ta klinikani qamrab oldi. Ulardan 2 000 tasi ro‘yxatdagi manzilda ishlayotmaganligi, 4 483 tasida xizmat narxlari ko‘rsatilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Litsenziyadan tashqari faoliyat holatlari Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan.

Tegishli choralar ko‘rish uchun materiallar mutasaddi idoralarga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar