AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 3,5 tonnaga yaqin eshak va qoramol suyaklari aniqlandi

Qashqadaryodan olib kelingan suyaklar hech qanday hujjatlarsiz topilgan.

'Toshkent viloyatida 3,5 tonnaga yaqin eshak va qoramol suyaklari aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida fuqarolarning murojaatlaridan so‘ng o‘tkazilgan reyd davomida yuk mashinasida 3,5 tonnaga yaqin eshak va qoramol suyaklari aniqlandi, yo‘q qilindi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar berildi.

Suyaklar Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi chiqindixonalardan yig‘ilgan bo‘lib, ularni tashigan haydovchi hech qanday veterinariya hujjatini taqdim eta olmagan.

Tashkilotlar tomonidan holat bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks asosida bayonnoma tuzildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida eshak go‘shti savdosi bilan bog‘liq holatlar ham aniqlandi, qonuniy choralar ko‘rilgandi.

    Boshqa yangiliklar