Ozarbayjon Prezidenti Administratsiyasining 1995–2019 yillardagi rahbari, keyinchalik Milliy Fanlar Akademiyasi prezidenti bo‘lgan Ramiz Mehdiyev og‘ir jinoyatlarda gumonlanib, uy qamog‘iga olindi.
Sud qaroriga ko‘ra, u davlat hokimiyatini egallash, davlatga xiyonat va jinoyat yo‘li bilan kelgan mulkni qonuniylashtirish moddalari bilan ayblanmoqda. Mahalliy OAVning yozishicha, Mehdiyev Rossiya manfaatlari yo‘lida harakat qilib, Yevropa davlatlarida Ozarbayjonga qarshi guruhlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan.
Mehdiyevning hibsga olinishi ortidan uning katta mol-mulkka egaligi ham yanada keng muhokamaga sabab bo‘ldi. U va uning oila a’zolariga tegishli yerlar, villalar va kompaniyalar haqida ko‘plab ma’lumotlar ochiq manbalarda e’lon qilindi.