AsosiySiyosat

2028 yilda Samarqandda Xalqaro astronavtika kongressi boʻlib oʻtadi

Shavkat Mirziyoyev yangi iqtisodiy imkoniyatlarni anıqlashga qaratilgan kosmik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

'2028 yilda Samarqandda Xalqaro astronavtika kongressi boʻlib oʻtadi'ning rasmi

16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kosmik monitoring orqali iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash va tarmoqlarda ushbu texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Aytib o‘tildiki, mamlakatimizda geologiya, yer resurslari va ekologiya sohalarida davlat kosmik monitoringi tizimli yo‘lga qo‘yilmogda. Yil boshidan buyon 2 mingdan ortiq noqonuniy kon ishlatish holatlari sun’iy yo‘ldoshlar orqali aniqlangan.

 

Shuningdek, Prezident noqonuniy qurilishlarni aniqlash, bo‘sh turgan yerlarni iqtisodiy faoliyatga jalb etish hamda kosmik tahlillarni iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda axborot platformalarini integratsiyalash va tezkor nazorat tizimini yaratish topshirig‘i berildi.

 

Kosmik texnologiyalar yordamida o‘rganilgan oltita hududda 300 gektarga yaqin bo‘sh yerlar aniqlandi. Kelgusi yilda barcha tuman markazlarida bu boradagi ishlarni yakunlash belgilab olindi.

 

Taqdimotda, shuningdek, sun’iy intellekt orqali kosmik ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘rmon holatini kuzatish, metan sizib chiqishini aniqlash, quyosh panellari va infratuzilma samaradorligini baholash kabi innovatsion yo‘nalishlar muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari 2028 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro astronavika kongressiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 12.04.2026 17:29

    Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi

    Temuriylar buyuk merosini yanada chuqur o‘rganish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

    'Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 14:49

    Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari eksportbop mahsulot ishlab chiqarayotgan zamonaviy korxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

    'To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 10:37

    To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

    Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Buxorodagi muqaddas ziyoratgohda duo qilindi.

    'Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 09:08

    Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilan mamlakarga keldi.

    'Saida Mirziyoyeva AQShda Ben Blek bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.04.2026 05:16

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi'ning rasmi

    Siyosat 04.04.2026 09:25

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi.