AsosiyDunyo

Putin Trumpni "Tomahawk" raketalari bo‘yicha ogohlantirdi

Rossiya rahbari bu qaror Moskva–Vashington munosabatlariga jiddiy zarar yetkazishini aytdi.

'Putin Trumpni "Tomahawk" raketalari bo‘yicha ogohlantirdi'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQShning Ukraynaga “Tomahawk” qanotli raketalarini yetkazib berish ehtimoli haqida Donald Trump bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Putin bu raketalar urush maydonida vaziyatni sezilarli o‘zgartirmasligini, ammo AQSh va Rossiya munosabatlariga hamda tinchlik muzokaralariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Putin yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, Trump bu fikrlarni inobatga olishini bildirgan va 17 oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda bu masalani muhokama qilishi mumkinligini aytgan.

    Boshqa yangiliklar