AsosiyDunyo

Trump va Putin Budapeshtda uchrashishga kelishib oldi

Ikkki davlat rahbarlari Rossiya–Ukraina urushini to‘xtatishni muhokama qilmoqchi.

'Trump va Putin Budapeshtda uchrashishga kelishib oldi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Vengriya poytaxti Budapeshtda uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Trump 16 oktyabr kuni Putin bilan telefon suhbatidan so‘ng o‘zining Truth Social sahifasida ma’lum qildi.

Trumpning aytishicha, uchrashuvda “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi sharmonadali urushni tugatish imkoniyati” muhokama qilinadi. Uchrashuv oldidan ikki tomon maslahatchilari uchrashadi — AQSh delegatsiyasiga Davlat kotibi Marko Rubio boshchilik qiladi.

Trump, shuningdek, Putin uni Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaroning to‘xtashi bilan tabriklaganini va bu Yaqin Sharqdagi barqarorlik muzokara jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirganini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar