Hinrich Foundation va IMD World Competitiveness Center hamkorligida tayyorlangan Sustainable Trade Index – 2025 reyting natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya barqaror savdo va iqtisodiy tizimlar bo‘yicha jahon yetakchisi deb topildi. U o‘tgan yilgi ikkinchi o‘rindan birinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Yangi Zelandiya ikkinchi, Avstraliya va Singapur esa mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi.
Indeksda Janubiy Koreya 5-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Shri-Lanka 6 pog‘ona yuqoriga chiqib, 20-o‘rinni egalladi. Rossiya esa 2023 va 2024 yillardagi so‘nggi o‘rinni bu gal Myanmaga topshirdi.
Reyting 72 ta ko‘rsatkich asosida tuziladi va uch yo‘nalishni qamrab oladi: iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlik. Hisobotda ta’kidlanishicha, yuqori YaIMga ega davlatlar doimo kuchli natijalarga erishavermaydi — xususan, Kanada, Janubiy Koreya va AQSh ekologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolgan.