AsosiyJamiyat

Pedo fillarga nisbatan qat'iy jazo zarur

Bolaning hayoti bilan o'ynash mumkin emas. Bu faqat jinoyat emas — insoniylikka qarshi qo'zg'olon.

'Pedo fillarga nisbatan qat'iy jazo zarur'ning rasmi

Namangandagi voqea — faqat bir pedofilning razolati emas, bu jinoyatni yillar davomida “axloq tuzatish ishlari” degan yumshoq ifoda bilan oqlab kelgan tizimning yuzi. Bolaning hayoti bilan o‘ynash mumkin emas. Bu faqat jinoyat emas — insoniyatka qarshi qo‘zg‘olon.

Shunday pedofillar jazo muddatini “yaxshi xulq” bahonasi bilan qisqartirib, ko‘chada erkin yurgani — davlatning bolaga bo‘lgan munosabatidan darak. Qonun faqat qog‘ozda emas, hayotda ham qattiq bo‘lishi kerak. Bunday jinoyatchilar uchun kechirish, yengillik yoki “yaxshi xulq” degan gap bo‘lmasligi shartligining yana bir isbotiga guvoh bo‘ldik.

Qonunchiligimizda 2024 yilda Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritilgan, unga ko‘ra jazoning o‘talmasgan qismini yengilrogi bilan almashtirish 18 yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zo‘rlilik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun qo‘llanmaydi. Ammo bugun asrash uchun qonunchilikni yanada qat’iy jazo choralarini qo‘llashimiz zarur deb hisoblayman.

Mening talabim qat’iy, bolalarga nisbatan har qanday jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qonun darajasida belgilashning vaqti keldi.

Bola — millatning kelajagi degan so‘zni ko‘p aytamiz. Lekin har bir bunday voqea shu so‘zni yolg‘onga chiqarayapti. Agar biz hali ham shunday pedofillarga yengil munosabatda bo‘lsak, demak, kelajakni qo‘limiz bilan yo‘q qilayapmiz.

Dilnoza Azizova

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Milliy tiklanish" DP fraktsiyasi a'zosi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

    'Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi

    "O'zgidromet" 23 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 19:59

    Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi

    Onix haydovchisi xodimning toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, tezlikni oshirgan va YPX xodimini mashinada urib ketgan.

    '1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 18:55

    1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi

    Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar e’lon qilindi.

    'Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 14:33

    Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi

    "Volgograd-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd Qoraqalpog'istonda tekshirilganda 2 ta vagonda noqonuniy tibbiy buyum va dorilar borligi aniqlandi.

    'Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 13:32

    Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi

    Uyda uning yonida 2 nafar farzandi bo'lgan. Farzandlaridan biri ham zaharlanish oqibatida vafot etgan. Ikkinchisi shifoxonada davolanmoqda.