AsosiyDunyo

Xitoy AQShni strategik ahamiyatga ega kiberhujumlarda aybladi

AQSh razvedkasi Xitoyning Milliy vaqt xizmatiga buzib kirib, tizimlarni izdan chiqarishga uringan.

'Xitoy AQShni strategik ahamiyatga ega kiberhujumlarda aybladi'ning rasmi

Xitoy AQShni o'zining Milliy vaqt xizmati markaziga kiberhujum uyushtirib, markaz xodimlari ustidan josuslik maqsadida ma'lumotlar o'g'irlaganganlikda aybladi. Bu haqda mamlakat Davlat xavfsizlik vazirligi WeChat'dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Rasmiy Pekinning bayonotiga ko'ra, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (NSA) 2022 yildan buyon markaz tarmoqlariga va xodimlarning mobil qurilmalariga kirib, ma'lumot to'plab kelgan. Xitoy tomoni AQSh razvedkasi xorijiy brend smartfonlarining xabar almashish tizimidagi zaiflikdan foydalanganini ta'kidlamoqda.

2023–2024 yillarda esa AQSh markazning ichki tarmoqlariga chuqur kirib borgan va yuqori aniqlikdagi vaqtni o'lchash tizimini izdan chiqarishga uringan. Bu tizimlar aloqa, moliya, transport va mudofaa kabi sohalarda vaqt sinxronizatsiyasini ta'minlaydi.

Hozircha Vashington bu ayblovlarga rasman javob bermagan. Milliy vaqt xizmati markazi Cian shahrida joylashgan bo'lib, butun Xitoy bo'ylab vaqtni aniq muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.

    Boshqa yangiliklar