AsosiyDunyo

Shimoliy koreyalik harbiy Janubga qochib o'tdi

Demarkatsiya chizigʻini kesib oʻtgan askar qoʻlga olindi.

'Shimoliy koreyalik harbiy Janubga qochib o'tdi'ning rasmi

19 oktyabr kuni Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreya harbiysini qo‘lga oldi. U ikki davlat o‘rtasidagi qattiq qo‘riqlanadigan chegarani kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea chegaraning markaziy qismida sodir bo‘lgan. Harbiy demarkatsiya chizig‘ini bosib o‘tgan shimollik askar darhol aniqdanib, standart tartibda ushlangan.

Bu — Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myen hokimiyatga kelganidan beri Shimoliy Koreya harbiy xizmatchisining Janubga qochgan ilk holatidir.

Hozirda mutasaddi idoralar askarning qochish sabablari va holat yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Koreya Respublikasi rasmiylariga ko‘ra, 2024 yilda Janubiy Koreyaga qochgan shimolliklar soni 236 nafarga etgan bo‘lsa-da, ularning faqat uch nafari bevosita ushbu xavfli chegarani kesib o‘tgan.

    Boshqa yangiliklar