AsosiyDunyo

Yaponiyada ilk bor ayol bosh vazir etib saylandi

Sanae Takaichi Yaponiya tarixida bosh vazir bo'lgan birinchi ayolga aylandi. U 64 yoshda va konservativ qarashlari bilan tanilgan.

'Yaponiyada ilk bor ayol bosh vazir etib saylandi'ning rasmi

Yaponiya parlamentı 64 yoshli Sanae Takaichini mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi. Shu tariqa u Yaponiyada bu lavozimga kelgan ilk ayol bo‘ldi. U 6-oktabr kuni hukmron Liberal-demokratik partiya yetakchisi etib saylangach, birinchi siyosiy sinov — koalitsiyadagi Komeyto partiyasining chiqib ketishiga duch keldi.

Takaichi o‘zining ilk tashqi siyosiy sinovi sifatida 27-oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Trumpni qabul qilishi kutilmogda. Bosh vazir sifatida u ayollar salomatligi va jamiyatdagi roliga e‘tibor qaratishni va‘da qilgan.

Biroq u turmushda yagona familiyani majburiy saqlash qonuni va bir jinsli nikohlarni rad etishi bilan tanqid ostida qolmogda. Takaichi shuningdek, ayollarning imperatorlik taxtiga chiqishini qo‘llab-quvvatlamaydi.

    Boshqa yangiliklar