Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev va Vashington 25 ta Patriot havo mudofaa tizimi borasida shartnoma tuzayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Politico xabar berdi.
Bildirilishicha, bu tizimlar Rossiya qoʻllayotgan ballistik raketalarga qarshi eng samarali himoya sanaladi. Biroq tizimlarni yetkazib berish yilab davom etishi mumkin — chunki ushbu texnika uchun navbatda turgan boshqa xaridorlar ham mavjud.
«Hamma gap ishlab chiqarishdagi navbatda. Biz ushbu 25 ta tizimni yillar davomida, har yili har xil miqdorda olamiz. Oq uy istisno tariqasida navbatni oʻzgartirishi mumkin»,— dedi Zelenskiy.
Uning soʻzlariga koʻra, baʼzi Yevropa davlatlari oʻz buyurtmalaridan voz kechib, mavjud Patriot batareyalarini Ukraina yuborishi mumkin.
«Agar hamma birgalikda harakat qilsa va xohish boʻlsa, Oq uy Yevropadagi mavjud AQSh tizimlarini Ukraina yuborishda yordam berishi mumkin», dedi prezident.
Zelenskiyning aytishicha, har bir Patriot tizimining narxi qariyb 1 milliard dollarni tashkil etadi. Ayni paytda, Ukraina moliyaviy jihatdan ancha cheklangan. Kiyev ushbu xarajatlarni Rossiyaning Yevropada muzlatilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirilayotgan 140 milliard yevrolik kompensatsiya krediti orqali qoplashga umid qilmoqda. Biroq bu reja hali tasdiqlanmagan