Bugun, 22 oktyabr kuni ertalab soat 05:25 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, Quruvchilar dahasida joylashgan tez ovqat tayyorlash shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgan.
Shahar FVBning yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga 5 daqiqa ichida — 05:30 da yetib borgan. Yong‘in atigi uch daqiqada — 05:33 da qurshab olinib, 05:37 da to‘liq o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida shoxobchaning tomi va ichki qismi zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Yong‘inning sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.