AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

'Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

Bugun, 22 oktyabr kuni kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyev, Zaporojye, Dnepropetrovsk va Odesa viloyatlariga raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan zarbalar bergan. Bu haqida “Zamon.uz” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida shaharda 2 kishi halok bo‘lgan, Yana kamida besh kishi, shu jumladan ikkita yoshli bola jarohat olgan.

Kiyev viloyatining Brovar tumanida zarbalar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Zaporojda harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning ma’lum qilishicha, viloyatda Rossiya hujumi oqibatida 13 kishi, shu jumladan ikkita bola jarohat olgan.

Ukraina Energetika vazirligi energetika infratuzilmasi berilgan keng ko‘lamli zarbalar sababli mamlakatning aksariyat hududlarida favqulodda elektro ta’minoti uzilishlari joriy etilganini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar