AsosiyDunyo

Qozog‘iston g‘arbiga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan dron quladi

Dron qismlari orasida ukrain tilidagi yozuv bo'lgan qism topilgan.

'Qozog‘iston g‘arbiga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan dron quladi'ning rasmi

Qozog‘iston hududiga kelib chiqishi noma’lum dron quladi. Bu haqda “Zamon.uz” nashri xabar berdi.  

“G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining aholi yashamaydigan hududiga qulagan. Talafotlar va vayronaliklar qayd etilmagan”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Rus ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu Ukraina droni bo‘lib, u Rossiyaning Volgograd viloyatidagi “Aksay–KTK” neft’ quvuriga hujum qilishi rejalashtirilgan. Ushbu neft’ quvuri Qozog‘istonning “KPO Karashagan” kompaniyasiga aloqador hisoblanadi.

Dron parchalar orasida ukrain tilidagi yozuv bo‘lgan qism topilgan. Ukraina rasmiylari hozircha mazkur hodisaga munosabat bildirgani yo‘q.

    Boshqa yangiliklar