AsosiyDunyo

Tojikistonda sun'iy intellektga ixtisoslashgan maxsus zona tashkil etildi

Bu mamlakanni Markaziy Osiyoda sun'iy intellekt bo'yicha yetakchi davlatga aylantirishi mumkin.

'Tojikistonda sun'iy intellektga ixtisoslashgan maxsus zona tashkil etildi'ning rasmi

Tojikiston sun'iy intellekt sohasida tarixiy qadam tashladi — mamlakatda dunyodagi ilk sun'iy intellektga ixtisoslashgan maxsus hudud Area AI tashkil etildi. Loyiha shu yil oktyabrda ishga tushirilgan bo‘lib, u sun'iy intellektni rivojlantirish, ma’lumot markazlari va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini birlashtiruvchi zamonaviy texnopark vazifasini bajaradi. Bu haqda “Zamon.uz” nashri xabar berdi.

Tojikiston hukumat 2022 yilda qabul qilingan “Sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyasi” doirasida bu tashabbusni amalga oshirdi. Hujjatga ko‘ra, 2040 yilgacha sun'iy intellekt mamlakat yalpi ichki mahsulotiga kamida 5 foiz hissa qo‘shishi rejalashtirilgan.

Area AI zonaning asosiy maqsadi — mahalliy va xalqaro mutaxassislar uchun ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish maydoni yaratish, sun'iy intellekt modellarini, ayniqsa mahalliy tillardagi raqamli yechimlarni ishlab chiqishdir. Loyiha doirasida BAA, AQSh, Singapur va Hindiston kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolangan.

Mutaxassislar fikricha, mazkur qadam Tojikistonni Markaziy Osiyoda sun'iy intellekt bo‘yicha yetakchi davlatga aylantirishi mumkin. Biroq mutaxassislar malakali kadrlar, sarmoya va texnologik infratuzilma masalalari hal etilishini muhim deb hisoblamoqda.

    Boshqa yangiliklar