AsosiyDunyo

Amazon sun'iy intellekt sabab 30 ming xodimini qisqartirmoqda

Bu qaror pandemiya davrida ortiqcha ishchi yollangani va xarajatlarni kamaytirish zarurati bilan izohlanmoqda.

'Amazon sun'iy intellekt sabab 30 ming xodimini qisqartirmoqda'ning rasmi

Amazon kompaniyasi 30 mingtagacha ofis xodimlarini ishdan bo‘shatish jarayonini boshladi. Reutersning yozishicha, bu qaror pandemiya davrida ortiqcha ishchi yollangani va xarajatlarni kamaytirish zarurati bilan izohlanmoqda. Qisqartirish kompaniyaning 1,55 million ishchisining kichik qismini, biroq 350 ming korporativ xodimning qariyb 10 foizini tashkil etadi. Bu 2022 yildan buyon Amazondagi eng yirik qisqartirish bo‘lishi kutilmogda. Eng ko‘p o‘zgarishlar inson resurslari (PXT), qurilma va xizmatlar hamda Amazon Web Services (AWS) bo‘limlariga ta’sir qiladi. Ayrim bo‘limlarda qisqartirish 15 foizgacha yetishi mumkin. Amazon rahbari Endi Jassi bu qarorni kompaniyadagi byurokratiyani kamaytirish va sun’iy intellekt yordamida samaradorlikni oshirish maqsadi bilan tushuntirgan. Unga ko‘ra, AI texnologiyalari takroriy vazifalarni avtomatlashtirib, ishchi sonini kamaytirish imkonini bermogda. Tahlilchilarning fikricha, bu jarayon global texnologik kompaniyalar orasida kuzatilayotgan “optimalashtirish to‘lqini”ning davomi bo‘lib, sun’iy intellektning tez rivojlanishi yirik korporatsiyalarni tuzilmasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:40

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:02

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:11

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:07

    'Trump Fors koʻrfazi davlatlaridan Gʻazonni tiklash uchun 70 milliard dollar talab qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:47

    'Turkiyada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:18

    Turkiyada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi

    Buning ortidan 3 bino va 1 do'kon qulab tushdi.