AsosiyDunyo

"Inter" klubi darvozaboni Xosep Martines 81 yoshli yo‘lovchining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Hodisa joyiga vertolyot, tez yordam va karabinarlar yetib borgan, biroq barcha sa'y-harakatlarga qaramasdan tibbiyot xodimlari keksa odamning hayotini saqlab qola olmagan.

'"Inter" klubi darvozaboni Xosep Martines 81 yoshli yo‘lovchining o‘limiga sababchi bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 28 oktyabr kuni Italiyada "Inter" klubi darvozaboni Xosep Martines ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Martines Appyano-Jentile yaqinidagi Fenergro shahrida 81 yoshli yo‘lovchini avtomobilda urib yuborgan. Bu haqda "Ansa" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi ancha xavfli bo‘lgan. Martines voqeadan so‘ng darhol to‘xtab, birinchi yordam ko‘rsatishga uringan. Hodisa joyiga vertolyot, tez yordam va karabinierlar yetib borgan, biroq barcha sa'y-harakatlarga qaramay tibbiyot xodimlari keksa odamning hayotini saqlab qola olmagan.

Dastlabki surishtiruvlar jabrlanuvchi nogironlar aravachasida harakatlanayotib, kutilmaganda yo‘nalishini o‘zgartirib, Martines boshqaruvidagi avtomobil yo‘liga chiqib qolganini ko‘rsatmoqda. Fojia 28 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:30 atrofida sodir bo‘lgan. 

Voqea sababli "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu "Fiorentina"ga qarshi o‘yinga bag‘ishlangan matbuot anjumanini bekor qilgan. Klub rasmiy bayonotida voqeadan chuqur afsusda ekanini bildirib, marhumning yaqinlariga hamdardlik izhor etgan.

    Boshqa yangiliklar