Buyuk Britaniya qiroli Charles III ukasi, 65 yoshli shahzoda Endryuni barcha unvon va faxriy maqomlardan mahrum qilib, uni qirollik qarorgohidan chiqib ketishga majbur qildi. Bu haqda Bokingem saroyi bayonotiga tayanib Reuters xabar berdi.
Bayonotda aytilishicha, Endryuga Royal Lodge qarorgohini bo‘shatib, xususiy uyga ko‘chish zarurligi haqida ogohlantirish yuborilgan.
Qaror unga nisbatan kuchaygan bosim — moliyachi Jeffri Epstein bilan aloqadorlik haqidagi ayblovlar ortidan qabul qilingan.
Epstein voyaga yetmaganlarni fohishalikka jalb etganlik uchun sudlangan, Endry esa jinsiy zo‘rlashda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Uni huquq himoyachisi Virjinia Juffre ayblagan edi.
Avvalroq shahzoda harbiy unvonlari, xayriya tashkilotlaridagi homiylik maqomlari hamda "qirollik hazratlari" unvonidan ham mahrum etilgan edi.
The Telegraph'ga ko‘ra, u yaqinda York gersogi unvonidan ham ixtiyoriy ravishda voz kechgan.






