AsosiyJamiyat

Qurilish kompaniyasi tanqid uchun mijozlaridan jarima undirmoqchi boʻldi

Holatga Raqobat qo‘mitasi aralashdi.

'Qurilish kompaniyasi tanqid uchun mijozlaridan jarima undirmoqchi boʻldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoq orqali "Tanqid uchun jarima undirilishi qonuniymi?" mazmunida qoldirilgan murojaat fuqarolarning ko‘plab muhokamalariga sabab bo‘ldi.

Jumladan, murojaatda qurilish tashkiloti — "Golden House Property Group" MChJ iste‘molchi o‘z tashabbusi bilan shartnomani bekor qilgan taqdirda to‘langan mablag‘ning yoki shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida jarima undirish huquqiga egaligi, shuningdek, mijozlar ushbu kompaniya faoliyatidan norozilik bildirib rasmiy idoralar yoki OAVga murojaat qilgan taqdirda ham ularga nisbatan jarima qo‘llanishi belgilanganligi qayd etilgan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘rganishlar olib borilib, "Golden House" kompaniyasi ulush kirish asosida ko‘p qavatli uydan xonadon sotib olish shartnomalarida aynan shunday tartib joriy etgani aniqlandi. Bu esa iste‘molchi huquqlarini cheklovchi shart hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining "Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni 4, 6, 21 va 23-moddalari talablariga asosan, kompaniyaga qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31