AsosiyJamiyat

Andijonda fuqaro ijtimoiy xodimni choynak bilan urdi

Hozirda holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, yetkazilgan jarohatning ogʻirlik darajasi aniqlanmoqda.

'Andijonda fuqaro ijtimoiy xodimni choynak bilan urdi'ning rasmi

Andijon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosida ijtimoiy xodimga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik sodir etildi. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 1 noyabr kuni yuz bergan. Unda 1988 yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli, 4 nafar farzand onasi, 2024 yil iyundan buyon "Inson" markazida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgan M.D. jabrlangan.

Mojaro sodir bo‘lishiga mahalla fuqarolari — 1985 yilda tug‘ilgan Y.G. hamda 1991 yilda tug‘ilgan Y.D. ning elektro energiya uchun beriladigan bir martalik 1 million so‘mlik kompensatsiya puli bank tomonidan qarz evaziga ushlab qolingani sabab bo‘lgan.

Janjal vaqtida ushbu fuqarolardan biri qo‘lidagi sopol choynak bilan ijtimoiy xodimga zarba berib, yuzi va qo‘liga tan jarohati yetkazgan.

Ijtimoiy xodim D.M. tomonidan 102 raqamiga murojaat qilingan va hozirda holat bo‘yicha tergovgacha qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, yetkazilgan jarohat og‘irlik darajasi aniqdanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 01.11.2025 22:29

    'Buxorolik qassoblar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 01.11.2025 20:07

    'Toshkentda 3 noyabrdan issiqlik ta'minoti yoqiladi'ning rasmi

    Jamiyat 01.11.2025 18:49

    Toshkentda 3 noyabrdan issiqlik ta'minoti yoqiladi

    Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

    'Toshkent viloyatida ibodatxona va qadimiy sovutlar topildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.11.2025 17:41

    Toshkent viloyatida ibodatxona va qadimiy sovutlar topildi

    Arxeologlarning fikriga ko'ra, zirh parchalarini ibodatxonaga marosim sovg'asi sifatida olib kelingan bo'lishi mumkin.

    'Bekoboddа iste'molga yaroqsiz yog' ishlab chiqarayotgan sex aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 01.11.2025 15:47

    Bekoboddа iste'molga yaroqsiz yog' ishlab chiqarayotgan sex aniqlandi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 01.11.2025 14:30