AsosiyJamiyat

Turkiya o'zbekistonliklar uchun elektron viza joriy etishi mumkin

Oʻzbekiston delegatsiyasining yaqinda Anqaraga amalga oshirgan ishchi tashrifi doirasida ichki ishlar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va mehnat migratsiyalarini soddalashtirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.

'Turkiya o'zbekistonliklar uchun elektron viza joriy etishi mumkin'ning rasmi

Turkiya Ichki ishlar vazirligidagi uchrashuvda vazir o‘rinbosari Mehmet Aqtash ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yuqori darajasini ta'kidladi. Muzokaralar chog‘ida turk tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun bir qancha asosiy tashabbuslarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi: • Elektron mehnat vizalari: O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini olishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etish imkoniyati o‘rganilmokda.

Joyida qonunilashtirish: Turkiyada boshqa viza kategoriyalari bo‘yicha bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etmasdan ishlash uchun ruxsatnoma berish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. • Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash: Tomonlar ikki davlat hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni samarali hisobga olish uchun yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratishda birgalikda ish olib borishga kelishib oldi.

Bundan tashqari, ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash va fuqarolarni ona yurtiga tashkil etilgan holda qaytarish masalalarini tartibga soladigan hamkorlik memorandumni imzolashga tayyorgarlik ko‘rish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Turkiya Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuvda vazir o‘rinbosari Musa Kulaklikaya Turkiya va O‘zbekistonni umumiy tarix, madaniyat va din birlashtirib turishini alohida qayd etdi.

Muzokaralarda tomonlar siyosiy yaqinlashuv, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqlab, mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik uzoq muddatli istiqbolga ega ekanligini ta’kidlashdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 02.11.2025 22:11

    'Toshkentda YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 02.11.2025 17:12

    Toshkentda YTH sodir bo‘ldi

    Changan va Equinox avtomobillari o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 02.11.2025 14:56

    'Endi paqildoq otganlar jarimaga tortiladi'ning rasmi

    Jamiyat 02.11.2025 13:37

    Endi paqildoq otganlar jarimaga tortiladi

    Endilikda paqildoq otganlar BHMning 25 barobarida miqdorda jarimaga tortilishi aytildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 02.11.2025 11:40

    'Aholiga yaqin joylashgan "zapravka"lar xavfsiz hududlarga koʻchiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 02.11.2025 09:23

    Aholiga yaqin joylashgan "zapravka"lar xavfsiz hududlarga koʻchiriladi

    Ko‘chirish ishlari 2026 yil 1 aprelgacha davom etishi kutilmoqda.