AsosiyDunyo

Musulmon Mamdani Nyu York meri bo‘la oladimi?

U musulmon, demokratik sotsialist va hip-hop muxlisi sifatida tanilgan.

'Musulmon Mamdani Nyu York meri bo‘la oladimi?'ning rasmi

Nyu York shahrida 4 noyabr kuni o'tadigan meri saylovlarida 34 yoshli Zohran Mamdani gʻolib boʻlishi mumkin. U musulmon, demokratik sotsialist va hip-hop muxlisi sifatida tanilgan.

Zohran Mamdani Ugandada hind oilasida tugʻilgan. Onasi – mashhur kinorejissor Mira Nair, otasi – olim Mahmud Mamdani. U yoshlik yillari qulay sharoitda o'tganini aytadi, ammo bu hayot Nyu-Yorkdagi koʻpchilikniki kabi boʻlmaganini tan oladi.

Mamdani AQShdagi eng katta sotsialistik tashkilot – "Amerika demokratik sotsialistlari" a'zosi. U boylar uchun soliqlarni oshirishni, minimal ish haqini 30 dollargacha koʻtarishni va bolalarga bepul parvarish tizimini joriy etishni xohlaydi. Siyosatga kirishdan oldin u kambagʻal oilalarga, uysiz qolish xavfi ostidagi odamlarga yordam bergan. Shu sababli uning saylovoldi dasturida asosiy mavzu – arzon uy-joy masalasi.

Agar u gʻalaba qozonsa, Donald Trump bilan kelishmovchiliklar paydo boʻlishi mumkin. Trump uni "kommunist aqldan ozgan" deb atagan, Mamdani esa bunga javoban: "Men shahar manfaatlari uchun hamkorlik qilaman, lekin bosimga berilmayman", degan.

    Boshqa yangiliklar