BBC xabariga ko‘ra, hodisa 3 noyabr kuni restavratsiya ishlari davomida yuz bergan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan ishchilarni olib chiqish jarayonida minora yana bir marta qulagan. Shifokorlar 12 soatdan so‘ng topilgan Stroichining hayotini saqlab qola olmadi.
Rim meri Roberto Gualtieri va madaniyat vaziri Alessandro Juli voqea joyiga tashrif buyurdi. Poytaxt prokuraturasi hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshlagan.
Mazkur minora dastlab 50 metr balandlikda bo‘lgan, ammo yillar davomida zilzilalar va qayta qurilishlar oqibatida 29 metrgacha qisqargan.






