AsosiyDunyo

Kaspiy dengizida 100 dan ortiq tyulen' jasadlari topildi

Mutaxassislar buning sababini aniqlishga harakat qilmoqda.

'Kaspiy dengizida 100 dan ortiq tyulen' jasadlari topildi'ning rasmi

Boshqarmaning xabar berishicha, Asan qishlog‘idan Fort-Shevchenko plyajigacha 39 ta, Fort-Shevchenko plyajidan Bautino burnigacha esa 73 ta tyulen‘ jasad topilgan. Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari dengiz suvi namunalarini to‘plab, tyulen‘larning o‘lim sabablari bo‘yicha tekshiruv boshlandi. Kaspiy tyulen‘lari faqat Kaspiy dengizida yashovchi yagona sutemizuvchi hisoblanadi. Ularning uzunligi taxminan 1,5 metr, og‘irligi esa 80 kg atrofida. Tyulen‘lar asosan kilka va boshqa baliqlar bilan oziklanadi, qishda esa muz ustida bitta bolani dunyoga keltiradi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, Kaspiy tyulen‘lari soni keskin kamayib, yo‘qolib ketish xavfi ostida. Har yili ularning o‘limi kuzatiladi, ammo aniq sababini topish ko‘pincha imkonsiz bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar