AsosiyDunyo

Xitoyda uchar avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshladi

XPeng kompaniyasi vertikal uchish va qoʻnish imkoniyatiga ega "uchuvchi avtomobil"larni sinov tarigasida ommaviy ishlab chiqara boshladi.

'Xitoyda uchar avtomobillar ommaviy ishlab chiqarila boshladi'ning rasmi

Xitoyning XPeng elektromobil ishlab chiqaruvchisi uchuvchi avtomobillarni ommaiviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi "Sinxua". Ishlab chiqarish jarayoni janubiy Xitoydagi dunyodagi ilk aqlli zavodda amalga oshirilmoqda.

Korxona "Land Aircraft Carrier" deb nomlangan modulli avtomobil uchun ajratib olinadigan elektrik uchish apparatini ishlab chiqargan. Zavod dastlab yiliga 5 ming dona, to‘liq quvvatda esa 10 mingta aviatsiya modulini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. To‘liq ishga tushgach, har 30 daqiqada bittacha uchir apparat yig‘ilishi mumkin.

XPeng kompaniyasi taqdimotdan buyon qariyb 5 mingta buyurtma qabul qilgan. Uchar avtomobillarni keng miqyosda etkazib berish 2026 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Transport vositasi olti g‘ildirakli avtomobil va undan ajraluvchi vertikal uchish-qo‘nish apparatidan iborat. U avtomatik va q‘olda boshqarish rejimlariga ega bo‘lib, aqlli yo‘nalishni tanlay oladi hamda bir tugma orqali uchish va qo‘nishni amalga oshiradi. Uzunligi 5,5 metr bo‘lgan bu avtomobil odatiy yo‘llarda harakatlana oladi va standart avtoturarjoylarga sig‘adi.

    Boshqa yangiliklar