AsosiyJinoyat

Navoyida uch kishini qasddan o‘ldirgan odam umrbodga qamaldi

41 yoshli erkak maxsus koloniyada jazoni o'taydi.

'Navoyida uch kishini qasddan o‘ldirgan odam umrbodga qamaldi'ning rasmi

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 41 yoshli S. R. sobiq turmush o‘rtog‘i G. E. hamda uning ota-onasini o‘z boshqaruvidagi yuk mashinasida qasddan bosib o‘ldirdi. 

Sud hujjatlariga ko‘ra, S.R. 2008 yilda Gulmira bilan turmush qurgan, 2021 yilda esa ular rasmiy ajrashgan. 2024 yilning dekabrida S.R. dala hovlisidan majburiy chiqarish qarori chiqqan va 2025 yilning mart oyida MIB xodimlari bu ijro harakatini amalga oshirish maqsadida voqea joyiga kelganida S.R. yuk mashinasi bilan ularga hujum qilgan.

 Guvohlar sudda S.R. harakatini qasddan va oldindan rejalashtirilgan deb tasdiqlagan. U avval sobiq turmush o‘rtog‘ini, so‘ng qaynona va qaynotasini mashina bilan urib, ustidan haydash orqali og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Keyin pichoq bilan ham hujum qilgan. Jabrlanganlar olgan og‘ir jarohatlari oqibatida vafot etgan. 

Tomdi tuman sudi Rustamovni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 219-moddasi (hokimiyat yoki fuqaroliy vazifani bajarayotgan shaxsga qarshilik) bo‘yicha aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida soliqchi 5 ming dollar pora olayotganda ushlanib qolindi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 09:41

    Toshkent viloyatida soliqchi 5 ming dollar pora olayotganda ushlanib qolindi

    Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi inspektori jinoyat ustida qo‘lga olindi.

    'Andijonda kredit olish uchun bojxona xodimining soxta guvohnomasini tayyorlaganlar qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 04.11.2025 20:20

    Andijonda kredit olish uchun bojxona xodimining soxta guvohnomasini tayyorlaganlar qoʻlga tushdi

    Hozirda holat yuzasidan tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Jizzaxda “Hududgaz” xodimi pora olgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 03.11.2025 19:04

    Jizzaxda “Hududgaz” xodimi pora olgan vaqtida ushlandi

    Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi "Hududgaz" xodimi 6 ming AQSH dollari pora olgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ushlandi.

    'Toshkentda 18 yoshli qizga nomaqbul video yuborgan yigit 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

    Jinoyat 31.10.2025 11:21

    'Sirdaryoda davlat hisobidan himoya qilishi kerak bo‘lgan advokat pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 29.10.2025 07:16

    Sirdaryoda davlat hisobidan himoya qilishi kerak bo‘lgan advokat pora bilan ushlandi

    Gumonlanuvchini qulay sharoyitga o‘tkazib berish va sud jarayonini uning foydasiga hal qilish evaziga pul talab qilgan.

    'Chek elga ishga yuborish va'dasi bilan fuqarolarni aldash holatlari fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 28.10.2025 10:27

    Chek elga ishga yuborish va'dasi bilan fuqarolarni aldash holatlari fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.