AsosiyDunyo

Isroil vaziri yahudiylarni Nyu-Yorkdan ketishga chaqirdi

Nyuyork meri etib musulmon siyosatchi saylangach, Isroil vaziri shahardagi yahudiylarni Isroilga ko‘chib o‘tishga undadi.

'Isroil vaziri yahudiylarni Nyu-Yorkdan ketishga chaqirdi'ning rasmi

Isroilning diaspora ishlari bo‘yicha vaziri Amixay Shikli Nyu-Yorkda 34 yoshli Zohran Mamdani mer etib saylanganidan so‘ng, "shahar endi yahudiylar uchun xavfsiz emas"ligini ta'kidladi.

U Mamdani qarashlarini "Hamas tarafdorikini" deb atadi va yahudiylarni Isroilni "yangi uy sifatida ko‘rib chiqishga" chaqirdi.

Shiklining fikrini Isroilning milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham qo‘llab-quvvatladi.

Nyu-Yorkda 1,3 millionga yaqin yahudiy istiqomat qiladi — bu Isroildan tashqari eng katta yahudiy jamoasi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar