AsosiyDunyo

"The Best FIFA 2025" mukofoti uchun nomzodlar eʼlon qilindi

Ovoz berish FIFA’ning maxsus ilovasi orqali amalga oshiriladi va 2025 yil 28 noyabr kuni yakunlanadi.

'"The Best FIFA 2025" mukofoti uchun nomzodlar eʼlon qilindi'ning rasmi

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "The Best FIFA 2025" mukofoti uchun 11 nafar nomzodni ma'lum qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.

Yil futbolchisi bo‘lish uchun kurashadiganlar: Usmon Dembele, Ashraf Hakimi, Nuno Mendesh va Vinyanya (PSJ), Pedri, Lamin Yamal va Rafinyanya ("Barselona"), Harry Keyn ("Bavariya"), Kilian Mbappe ("Real Madrid"), Kol Palmer ("Chelsi") hamda Muhammad Salah ("Liverpul").

Ovoz berish FIFA'ning maxsus ilovasi orqali amalga oshiriladi va 2025 yil 28 noyabr kuni yakunlanadi. G‘olib terma jamoalar bosh murabbiylari, sardorlari, jurnalistlar va muxlislar ovozlari asosida aniklanadi.

    Boshqa yangiliklar