Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida Sirdaryo hamda Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalari tayyorlovchi va sotuvchi guruhlar faoliyati to‘xtatildi.
DXX va IIV xodimlari Sirdaryo viloyatidagi tezkor tadbir vaqtida Guliston shahrida faoliyat yuritgan narkolaboratoriyani anıqladi. U yerda 1995–1996 yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro sintetik "Mefedron" moddasini tayyorlab, "zakladka" orqali sotib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Tintuv vaqtida 4 kg 373 gramm "Mefedron", elektron tarozı, miksér, protivogaz va qadoqlash vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular xorijdan yuborilgan xom-ashyolardan foydalangan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddası 5-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatida DXX, IIV, Bojxona va Chegara qo‘shinlari hamkorligidagi tadbirda Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro 9 kg 702 gramm "gashish" moddasi bilan uslandi. U Qirg‘iz Respublikasidan mamlakat hududiga qonunga xilof ravishda kirib kelgan paytda to‘xtatilgan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 223 va 246-moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.
Boshqa holatda, Namangan shahrida 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro kontrabanda yo‘li bilan kirib kelgan, umumiy qıymati 3,2 mlrd so‘mdan ziyod bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va kontrafakt mahsulotlarni qabul qilib olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir natijasida Namangan va Kosonsoy tumanlaridagi yana besh nafar shaxs anıqlandi — ular kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni Farg‘ona vodiysi va Toshkentda sotish bilan shug‘ullangan. Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.






