AsosiyJamiyat

Samarqand va Qashqadaryoda yerni noqonuniy sotish bilan shug'ullangan shaxslar qo'lga olindi

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Samarqand va Qashqadaryoda yerni noqonuniy sotish bilan shug'ullangan shaxslar qo'lga olindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va huqoqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yer maydonlarini pul evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar fosh etildi.

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari 3 gektar yerni issiqxona tashkil etmoqchi bo‘lgan fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSh dollarini talab qilgan. U oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qashqadaryo viloyatida esa ikki nafar shaxs davlat zaxirasidan 8 sotix yerni "mansabdor tanishlari orqali" olib berishni va’da qilib, 180 million so‘m talab qilgan. Ular oldindan 10 ming dollar olgan paytda qo‘lga olingan.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Rasmiy idoralar fuqarolarni yer maydonlarini qonunga zid ravishda sotib olish yoki sotish holatlaridan tiyilishga chaqirmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jinoyatda ayblangan Sirdaryo hokimiga yangi lavozim berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:34

    Jinoyatda ayblangan Sirdaryo hokimiga yangi lavozim berildi

    Avvalroq, u mansab vakolatini suiiste'mol qilishda aybli deb topilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 10.11.2025 21:20

    'Malida blogger jihodchilar tomonidan qatl etildi'ning rasmi

    Jamiyat 10.11.2025 17:13

    Malida blogger jihodchilar tomonidan qatl etildi

    Ma'lumotlarga ko'ra, hodisa Tonka shahrida sodir bo'lgan.

    'Endi viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlarining kundalik qabuli mahallada o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat 10.11.2025 14:52

    Endi viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlarining kundalik qabuli mahallada o‘tkaziladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan yaxshilash, aholiga xizmat sifatini oshirish bo‘yicha yangi topshiriqlar berdi.

    'Joriy yilda davlat byudjetidan tibbiyotga 45 trillion so‘m ajratildi'ning rasmi

    Jamiyat 10.11.2025 14:02

    Joriy yilda davlat byudjetidan tibbiyotga 45 trillion so‘m ajratildi

    Bu haqda Davlat rahbarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida so‘z bordi.

    'Namanganda 23 ta iPhone 17’ni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 10.11.2025 10:33

    Namanganda 23 ta iPhone 17’ni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

    Quvayt va Jiddadan kelayotgan yo‘lovchilar iPhone 17 uyali telefonlarini Namangan aeroportida bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga urinishgan fosh etildi.