Aleksandr Lukashenko amaldorlardan xavfsizlikni ta'minlash maqsadida simli telefonlardan foydalanishni so‘radi. Unging so‘zlariga ko‘ra, bu qaror "konservativlik bilan emas, balki axborot xavfsizligi bilan bog‘liq".
"Telefoningiz bo‘lsa, qayerga borasiz, nima qilasiz – hammasi ma'lum. U yoqilgan yoki o‘chirilgan bo‘lishidan qat'iy nazar, maxsus xizmatlar siz haqingizda hammasini biladi", – dedi Lukashenko.
Prezident raqamlashtirish jarayonlariga ehtiyotkorlik bilan yondashishni ham tavsiya etdi. Unging fikricha, ayrim hujjatlar va ma'lumotlarni qog‘oz shaklida saqlash maqsadga muvofiq.
Lukashenko, shuningdek, o‘zida mobil telefon yo‘qligini ma'lum qildi: "Menda telefon yo‘q, lekin yashayapman. Hatto Respublika Kengashi rahbari Natalya Kochanova bilan ham simli telefon orqali gaplashaman", – dedi u.
Belarus rahbari bosh vazir Aleksandr Turchinga mamlakatdagi simli aloqa tarmog‘ini saqlab qolish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.






