O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati (O‘zgidromet) xabariga ko‘ra, 11 noyabr kuni Toshkent va Andijon shaharlarida atmosfera havosining ifloslanish darajasi me’yorlardan yuqori bo‘lgan.
Andijonda PM10 zarrachalari miqdori 502 mkg/m³, PM2,5 zarrachalari esa 314 mkg/m³ ni tashkil etgan — bu me’yorlardan mos ravishda 1 va 8,9 barobar yuqori. Toshkentda esa PM2,5 ko‘rsatkichi 143 mkg/m³ bo‘lib, bu me’yordan 2,4 marta yuqori ekanligi ma’lum qilindi.
O‘zgidromet fuqarolarga quyidagi tavsiyalarni berdi: – ochiq havodagi faoliyatlarni imkon qadar kamaytirish; – tashqariga chiqishda niqob taqish; – bolalar, keksa va yuraq-qon tomir kasalliklari bor fuqarolarning ehtiyot bo‘lishi.
Mutasaddilarning aytishicha, havo sifati monitoringi davom ettiriladi va ifloslanish darajasini kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.






