AsosiyDunyo

AQSH Gʻazo chegarasida yirik harbiy baza qurishni rejalashtirmoqda

AQSH Isroilning Gʻazo sektoriga tutash Otef-Azza hududida yirik harbiy baza barpo etishni rejalashtirmoqda.

'AQSH Gʻazo chegarasida yirik harbiy baza qurishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Manbalarga ko‘ra, baza G‘azada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini nazorat qilish va xalqaro kuchlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. U bir necha ming harbiyni joylashtira oladi, qurilish qiymati esa taxminan 500 million dollarga baholangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Isroil hukumatlari baza qurilishi bo‘yicha muzokaralarni faol davom ettirmoqda. Hozirda loyiha uchun ehtimoliy joylar o‘rganilayotgani aytilgan. Isroil harbiy manbalari bu tashabbusni “AQShning mintaqaviy siyosatdagi yangi bosqichi” deb atagan.

Jurnalistlar ta’kidlashicha, loyiha AQSh ichida ham siyosiy tortishuvlarga sabab bo‘lishi mumkin, chunki respublikachilarning bir qismi xorijdagi harbiy ishtirokni kengaytirishga qarshi chiqmoqda.

    Boshqa yangiliklar