AsosiyJinoyat

Jizzaxda FVB boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi

6 million so‘m va 200 dollar talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.

'Jizzaxda FVB boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi'ning rasmi

Jizzax viloyatida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tadbirkordan loyiha hujjatlarini tasdiqlab berish evaziga pora olgani uchun qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avvalroq ko‘p qavatli uy qurilishi bo‘yicha hujjatni tasdiqlab berib, 200 AQSh dollar olgan. Keyinroq tadbirkor maktab qurilishi loyihasi uchun murojaat qilganida, mansabdor bu safar 6 million so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u pora mablag‘ini turmush o‘rtog‘i orqali olayotgan paytda uslandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddaga ko‘ra, mansabdor 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar