Tadbir 30 yil oldin qabul qilingan Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining davomidir. Unda ayollar huquqi va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yo‘nalishlar belgilangan edi.
Muloqotda parlament a’zolari, siyosiy va jamoat arboblari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Tadbir yakunida Markaziy Osiyo ayollari Deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmogda, bu esa mintaqada gender tenglik bo‘yicha aniq yo‘l xaritasini belgilaydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilgan: tadbirkorlikda ayollar faolligi oshgan, oliy ta’limda qizlar uchun kvotalar kengaytirilgan va zoravonlikka qarshi huquqiy himoya tizimi mustahkamlangan.
Toshkent bugun nafaqat tadbir mezbon, balki ayollar salohiyatini qadrlaydigan davlat sifatida namoyon bo‘lmogda.






