AsosiyDunyo

BMT: dunyodagi har beshinchi qotillik jinoyiy guruhlar hissasiga to‘g‘ri keladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'yicha qasddan sodir etilgan qotilliklarning 22 foizi jinoiy guruhlar faoliyati bilan bog'liq.

'BMT: dunyodagi har beshinchi qotillik jinoyiy guruhlar hissasiga to‘g‘ri keladi'ning rasmi

Tashkilot ma'lumotida aytilishicha, zo'ravonlik nafaqat hukumat yoki raqib guruhlarga, balki jurnalistlar, inson huquqlari himoyachilari va tadbirkorlarga ham qaratilmog'da. 2020–2022 yillarda 200 nafar jurnalist o'ldirilgan bo'lib, ularning beshdan biri jinoyatchilikni fosh etgani uchun nishonga olingan.

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi (UNODC) hisobotida ta'kidlanishicha, uyushgan jinoyatchilik hozirgi kunda eng xavfli va tez o'suvchi tahdidlardan biriga aylangan. Globalizatsiya, raqamli texnologiyalar va geosiyosiy beqarorlik tufayli bunday tarmoqlar faoliyatini nazorat qilish tobora qiyinlashmog'da.

UNODC hisob-kitoblariga ko'ra, 2000–2023 yillar davomida uyushgan jinoyatchilik har yili o'rtacha 95 ming odamning hayotiga zomin bo'lgan. Eng ko'p qotilliklar Lotin Amerikasi va Karib havzasida sodir bo'lgan — bu hududda 100 ming aholiga 19,7 ta qotillik to'g'ri kelgan.

Tashkilot jinoyiy guruhlar faoliyati iqtisodiyotga zarar yetkazishi, investitsiya muhitini izdan chiqarishi va inson huquqlarini buzishini ta'kidlagan. Odam savdosi va zo'ravonlik holatlari esa ko'pincha davlat tuzilmalariga bo'lgan ishonchni pasaytiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollarning rasmiy kursi 12 ming so‘m chegarasiga yaqinlashmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:19

    Dollarning rasmiy kursi 12 ming so‘m chegarasiga yaqinlashmoqda

    Markaziy bank 13 noyabrdan amalda bo‘ladigan xorijiy valyutalar kursini e’lon qildi.

    'Putin va Trump uchrashuviga tayyorgarlik qayta boshlanadi – Lavrov'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:21

    Putin va Trump uchrashuviga tayyorgarlik qayta boshlanadi – Lavrov

    Lavrovning aytishicha, Moskva Vashington bilan Vladimir Putin va Donald Trump o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlikni qayta boshlash masalasini muhokama qilishga tayyor

    'Kanadada 27 yildan soʻng ilk bor qizamiq epidemiyasi qayd etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:53

    Kanadada 27 yildan soʻng ilk bor qizamiq epidemiyasi qayd etildi

    Kanadada 1998 yildan beri ilk bor qizamiq epidemiyasi sodir bo'ldi.

    'Trump BBC'ni sudga bermoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:58

    Trump BBC'ni sudga bermoqchi

    AQSh prezidenti britaniyalik telekanalni tuhmat va yolg'on axborot tarqatishda ayblamoqda.

    'Tailand va Kambodja o'rtasidagi tinchlik kelishuvi bekor qilindi'ning rasmi

    Dunyo 11.11.2025 17:25

    Tailand va Kambodja o'rtasidagi tinchlik kelishuvi bekor qilindi

    Tailand va Kambodja o'rtasidagi umumiy chegarada minalar portlashi oqibatida jarohatlangan askarlar sababli "Kuala-Lumpur" tinchlik kelishuvi to'xtatildi.