AsosiySiyosat

Oʻzbekiston va AQSh hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuta shtati delegatsiyasini qabul qilib, ikki tomonlama investitsion va iqtisodiy aloqalar istiqbollarini muhokama qildi.

'Oʻzbekiston va AQSh hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda'ning rasmi

Uchrashuvda AQShning Yuta shtati va O‘zbekiston o‘rtasida savdo, innovatsiya, ta’lim va raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi.

Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda katta salohiyat mavjudligini qayd etdilar. Xususan, tog‘-kon sanoati, xotin-qizlar tadbirkorligi, sog‘liqni saqlash va suv ta’minoti yo‘nalishlarida yangi tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida hududlararo munosabatlarni rivojlantirish maqsadida Yuta shtati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar