AsosiyDunyo

Fransiya Pavel Durovga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov Frantsiya hududini tark etish va harakatlanish bo'yicha barcha cheklovlardan ozod etildi. Bu haqda "Bloomberg" manbasiga tayanib xabar berdi.

'Fransiya Pavel Durovga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qildi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, Frantsiya hukumatı tadbirkor Pavel Durovga nisbatan joriy qilingan barcha harakatlanish cheklovlarini 10 noyabr kuni to'liq bekor qilgan.

Manba ta'kidlashicha, Durov sud nazorati talablariga to'liq rioya qilgan va u uch marta so'roq qilingan. Endi u Frantsiyadan erkin chiqib ketishi mumkin hamda mahalliy politsiya bo'limida ro'yxatdan o'tish majburiyatidan ozod etilgan.

Eslatib o'tamiz, Telegram asoschisi o'tgan yil avgust oyida Parij aeroportida hibsga olingan edi. Ushanda unga mamlakatan chiqish taqiqlangan, 2025 yil iyun oyida esa Dubayga borishga ruxsat berilgan.

Durovga Telegram'da kontentni yetarli darajada moderatsiya qilmamaslik va Frantsiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikdan bosh tortgani uchun tergov ishi doirasida terrorizm, narkotiklar, firibgarlik va bolalarga qarshi jinoyatlar bilan bog'liq ayblovlar qo'yilgan.

Tadbirkor esa ayblovlarni rad etgan:

"Yirik platforma rahbarining foydalanuvchilar harakati uchun hibsga olinishi huquqiy jihatdan ham bema'nilikdir. Oradan bir yil o'tdi, ammo men yoki Telegram tomonidan biron noto'g'ri ish sodir etilganiga dalil yo'q", — degan u.

Ma'lumot uchun, "Bloomberg" ma'lumotiga ko'ra, Pavel Durovning boyligi 14,7 milliard dollarga yetgan, yil boshidan buyon u yana 3,7 milliard dollarga boyigan. Shu bilan u dunyo milliarderlari ro'yxatida 196-o'rinda turadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSH Braziliya qahvasiga bojlarni bekor qilishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 22:14

    AQSH Braziliya qahvasiga bojlarni bekor qilishi mumkin

    Trump ma'muriyati ichki bozorda qahva narxini pasaytirish uchun Braziliyadan qahva importiga qo'yilgan bojlarni bekor etishni ko'rib chiqmoqda.

    'Qirgʻizistonda 19 yoshli qiz sevgilisining tilini tishlab uzib oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:17

    'Germaniyada oqova suvlardan virus aniqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:47

    Germaniyada oqova suvlardan virus aniqlandi

    Mamlakatda 1990 yildan beri ilk bor poliomielit virusi izlari topildi.

    'Zelenskiy: Rossiya bu yil neftdan kamida 37 milliard dollar zarar koʻradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:01

    Zelenskiy: Rossiya bu yil neftdan kamida 37 milliard dollar zarar koʻradi

    Rossiya neft qazib olish va qayta ishlash hajmidagi pasayish tufayli joriy yilda 37 milliard dollardan ortiq zarar koʻradi.

    'Trump AQSH tarixidagi eng uzoq — 43 kunlik "shatdaun"ni yakunladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:28

    Trump AQSH tarixidagi eng uzoq — 43 kunlik "shatdaun"ni yakunladi

    Qonun kuchga kirishi bilan "shatdaun" davomida maoshsiz qolgan davlat xizmatchilari ishga qaytdi va to'lanmagan oyliklari ularga qoplab berildi.

    'Xitoyda yaqinda ochilgan koʻprikning bir qismi quladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:06

    Xitoyda yaqinda ochilgan koʻprikning bir qismi quladi

    Xitoyning Sichuan viloyatida yaqinda foydalanishga topshirilgan Hongqi ko'prigining bir qismi quladi.