AsosiyDunyo

Rossiya rus tili rasmiy til boʻlgan davlatlarning haydovchilik guvohnomasini tan olmoqchi

Hozirgi qonunchilikka ko'ra, xorijiy guvohnomalar Rossiyada tan olinadi, ammo ular rus tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan bo'lishi shart.

'Rossiya rus tili rasmiy til boʻlgan davlatlarning haydovchilik guvohnomasini tan olmoqchi'ning rasmi

Rossiya rus tili rasmiy maqomga ega mamlakatlar fuqarolarining haydovchilik guvohnomalarini tan olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin parlament majlisida ma'lum qildi.

Uning aytishicha, rus tili rasmiy til hisoblanmaydigan davlatlardan kelgan haydovchilar Rossiyada ishlash uchun qoidalar va imtihonlardan o'tishi kerak bo'ladi.

Volodin Rossiyada chet ellik haydovchilar uchun rus tilini bilish, qonunlarga, madaniyat va an'analarga hurmat bilan yondashish muhim ekanligini ta'kidladi.

Hozirgi qonunchilikka ko'ra, xorijiy guvohnomalar Rossiyada tan olinadi, ammo ular rus tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan bo'lishi shart. Ishlash maqsadida kelgan haydovchilar esa imtihondan o'tib, rus namunasidagi guvohnama olishi lozim.

    Boshqa yangiliklar