AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazishdi.

'Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi'ning rasmi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakati-mizga kelgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Yetakchilar O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e‘tibor qaratildi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar va samarali hududlararo aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar