AsosiySiyosat

Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib oldi

Ikkki davlat rahbarlari Koʻksaroydagi uchrashuvda savdo, sanoat va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligini taʼkidladi.

'Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib oldi'ning rasmi

Kóksaroy qarorgohida Ózbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyóev va Turkmeniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning tor dóiradagi muzokaralari bólib ótdi. Tomonlar bu davlat tashrifini keyingi yillarda yanada mustahkamlanayotgan dóstlik, yaxshi qóshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda muhim qadam sifatida baholadi.

Uchrashuvda ikki davlat órtasidagi ijobiy sur'at mamnuniyat bilan qayd etildi. Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi yig'ilishlari va madaniy tadbirlar muntazam ótkazilayotgani ta'kidlandi. Yaqinda Urganch va Toshkentda ótkazilgan Turkmeniston madaniyati kunlari hamkorlik rivojida muhim ahamiyat kasb etgani aytildi.

Ótgan yili ikki davlat órtasidagi tovar ayirboshlash 1 milliard dollardan oshib, yuk tashish hajmi ham ortib borgani, xususan, Turkmanboshi portidan foydalanish faollashgani ma'lum qilindi.

Muzokaralarda ózaro savdoning kópaytirish, sanoat, energetika, transport, mashinasozlik, qishloq va suv xojaligi sohalarida kooperatsiyani kuchaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, hududlararo almashinuvlarni kengaytirish muhimligi ta'kidlanib, Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini ótkazishga kelishib olindi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo'yicha ham fikr almashdilar.

    Boshqa yangiliklar