AsosiyDunyo

Tuqayev Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbariga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik maktubi yo‘lladi.

'Tuqayev Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi'ning rasmi

Oqoʻrda matbuot xizmati xabariga koʻra, Toʻqayev 14–16 noyabr kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi davomida oʻziga va Qozogʻiston delegatsiyasiga koʻrsatilgan yuqsaq eʼtibor uchun Prezident Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirgan.

Maktubda tashrifning tarixiy ahamiyati qayd etilib, u ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtargani taʼkidlangan.

Qozogʻiston Prezidenti, shuningdek, Toshkentda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi yuqori darajada tashkil etilganini alohida eʼtirof etgan. Uning taʼkidlashicha, mazmunli muhokamalar, muhim qaror va hujjatlar, shuningdek Ozarbayjonning toʻla huquqli ishtirokchi sifatida qoʻshilishi forumga strategik ahamiyat berdi.

Maʼlumot uchun, Toʻqayev 14 noyabr kuni Toshkentga tashrif buyurib, uni aeroportda Prezident Mirziyoyevning oʻzi kutib olgan edi.

    Boshqa yangiliklar