AQSh prezidenti Donald Trump Saudiya Arabistoniga AQShning eng ilgor F-35 harbiy samolyotlarini sotishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. U bu haqda 17 noyabr kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog'ida aytdi.
Trump 18 noyabr kuni Oq uyda Saudiya valiahdi Muhammad bin Salmonni qabul qilishi kutilmoqda. F-35 sotuvi amalga oshsa, bu Vashingtonning hozirgacha Isroilning "sifat jihatidan ustun harbiy imkoniyati"ni ta'minlash siyosatiga jiddiy o'zgarish kiritish bo'lishi mumkin.
"Reuters"ning ma'lum qilishicha, Saudiya podshohligi 48 tagacha F-35 xarid qilish bo'yicha AQShga murojaat qilgan va potensial milliardlab dollarlik bitim Pentagondagi asosiy bosqichlardan o'tgan. Saudiya bu samolyotlar orqali havo kuchlarini zamonaviyashtirish va mintaqaviy tahdidlarga, ayniqsa Eronga qarshi turishni maqsad qilgan.
Biroq Kongressdagi ayrim qonun chiqaruvchilar bu sotuvga qarshi chiqishi mumkin — Jamol Qoshiqchi qatliandan keyin Saudiyaqa qurol eksporti masalasida keskin tanqidlar bo'lgan.
F-35 — stels texnologiyasiga ega, dushman radarilaridan qocha oladigan, dunyodagi eng ilgor jangovar uchoklardan biri. Hozircha Yaqin Sharqda bu tizimga ega yagona davlat — Isroil.






