AsosiyDunyo

Yevropa Ukraina uchun 27 bandli tinchlik rejasini tayyorladi

Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya AQShning tinchlik rejasiga alternativ variantni taklif qildi.

'Yevropa Ukraina uchun 27 bandli tinchlik rejasini tayyorladi'ning rasmi

Yevropa davlatlari Ukraynadagi urushni tinch yo‘l bilan tugatish maqsadida 27 banddan iborat reja ishlab chiqdi. Hujjat AQShning 28 bandli loyihasi asosida tuzilgan, ammo ayrim bandlar almashtirilgan va istisnolar qo‘shilgan. Rejaga ko‘ra, Ukraina suvereniteti ta’minlanadi, Rossiya va NATO bilan barcha mojaro masalalari hal etiladi, tinchlik davrida Ukraina armiyasi soni cheklanadi, asirlarni almashtirish va gumanitar masalalar uchun qo‘mita tuziladi, Zaporojye AES MAGATE nazoratida qayta ishlaydi va Yevropa bozoriga kirish imkoniyatlari ta’minlanadi. Barcha shartlar amalga oshirilgandan so‘ng darhol o‘t ochishni to‘xtatish joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar