AsosiyJamiyat

Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 million so‘mdan beriladi

Mas'ul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniklab, qonun ustuvorligini ta'minlash topshirildi.

'Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 million so‘mdan beriladi'ning rasmi

Guliston shahri Taraqqiyot mahallasidagi buyum bozori hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz ballon portlashi oqibatida halok bo‘lganlarning oilasiga 100 million so‘mdan beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qildi.

Prezident ularning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi. Uch kun muddatda qurbon bo‘lganlarning oilasiga 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratish topshirildi.

Topshiriqqa ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr ko‘rganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatmoqda.

Mas’ul idoralarga usbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniklab, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.

Umuman, usbu fojia favqulodda vaziyatlar tizimi uchun katta saboq bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Qish oylarida bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha barcha mas’ullar 24 soatlik ish rejimiga o‘tishi zarurligi aytildi.

    Boshqa yangiliklar